Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda “qoʻqonlik tabib” odamlarni davolayotgani, uning yonida esa harbiy kiyimga oʻxshash maxsus forma kiygan va qoʻlida ratsiya tutgan qoʻriqchilar yurgani aks etgan videolar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning Kun.uz'ga maʼlumot berishicha, tasvirda koʻringan “qoʻqonlik tabib”, yaʼni Iqboljon Soliyevni qoʻriqlab yurgan maxsus harbiy kiyimdagi 4 nafar qoʻriqchi javobgarlikka tortilgan.
Ularga nisbatan MJtKning 209-1-moddasi (vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish) bilan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Xabarga koʻra, I.Soliyevning faoliyati yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tezkor surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111844
Jamiyat
94677
Jamiyat
90673
Jamiyat
75343
Jamiyat
//
Izoh yo‘q