Oʻzbekistonning ekologik munosabatlarni taʼminlashga qoʻshgan hissasi eʼtirof etildi

Saqlash
21:26 / 14.02.2024 1564 0

Samarqand shahrida Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiya (CMS COP14) ishtirokchilari konferensiyasining 14-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston “2024-2026-yillarda ekologik oʻzaro bogʻliqlikni taʼminlashga qoʻshgan hissasi uchun” mukofotiga loyiq koʻrildi.

 

Xabarda aytilishicha, taqdirlash marosimi “Champion Night” tadbiri doirasida boʻlib oʻtgan. Unda koʻchib yuruvchi turlarni saqlash borasidagi ulkan saʼy-harakatlari va sadoqatlari uchun yangi CMS chempionlari mukofotlangan

 

Sertifikatni CMS ijrochi kotibi Emi Frenkel Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimovga topshirgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//