Buxoro viloyatida 2 ta shamol elektr stansiyasi qurilmoqda

Saqlash
16:24 / 14.02.2024 1595 0

Energetika vazirligi maʼlumotida yozilishicha, Saudiya Arabistonining “ACWA Powyer” kompaniyasi tomonidan Buxoro viloyatining Peshku va Gʻijduvon tumanlarida qurilayotgan shamol elektr stansiyalarining har biri 500 MVt quvvatga ega(jami 1000 MVt).

 

 

Mazkur loyihalar doirasida “Envision” kompaniyasining (Xitoy) har birining quvvati 6,5 MVtdan boʻlgan shamol turbinalari oʻrnatilyapti. Hozirgi kunga qadar jami quvvati 474,5 MVtga teng boʻlgan 73 ta shamol turbinasi oʻrnatib boʻlingan.

 

 

Har bir turbina minorasining balandligi 100 metr, shamol parraklarining har biri esa 84 metrni tashkil qiladi.

 

Ushbu yirik loyihalar doirasida jami 158 ta mana shunday shamol turbinalari oʻrnatiladi.

 

Mazkur elektr stansiyalarining dastlabki 400 MVt quvvati 2024-yil yakuniga qadar ishga tushiriladi.

 

Stansiyalar toʻliq ishga tushirilgach, yiliga 3 mlrd 600 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 1 mlrd 100 mln kubometr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 1 mln 500 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.

 

Maʼlumot uchun, Navoiy viloyatining Tomdi tumanida ham 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilyapti va uning ishga tushirilgan dastlabki quvvatlari hozirgi kunda “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//