Toshkentda issiqlik va issiq suv taʼminoti xizmatlari tarifi oshiriladi

Saqlash
15:51 / 14.02.2024 669 0

Bu haqida “Veolia Energy Tashkent” xabar berdi.

 

Xabarda yozilishicha, oʻsishga elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari, shuningdek, issiqlik ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun sotib olingan issiqlik energiyasi narxlarining oshishi sabab boʻlgan.

 

Shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2024-yil 8-fevraldagi 97-sessiyasida “Veolia Energy Tashkent” MCHJ XK tomonidan xizmat koʻrsatuvchi koʻp qavatli turar-joy binolarida yashovchi aholi uchun issiqlik taʼminoti va issiq suv taʼminoti xizmatlari uchun yangi tariflarni tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

 

Unga koʻra, aholiga issiqlik taʼminoti va issiq suv taʼminoti xizmatlari uchun yangi chakana tarif 15% oʻsib, 2019-yildan beri amalda boʻlgan 91 960 soʻm/Gkal oʻrniga 105 754 soʻm/Gkalni tashkil etadi.

 

 

Maʼlumot uchun, yangi tariflar 2023-2024 kuz-qish mavsumi (isitish mavsumi) rasmiy yakunlangan kundan bir kun oʻtib kuchga kiradi.

 

Taʼkidlash lozim, yuridik shaxslar va byudjet tashkilotlari uchun 2023-yil 2-dekabrdan kuchga kirgan tariflar oʻzgarishsiz qolgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//