Jamiyat
Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan 51 yoshli fermer pichoqlandi. Bu haqdagi xabarni tasdiqlagan viloyat prokuraturasiga ko‘ra, voqea fermerning blogerlik faoliyati bilan bog‘liq emas.
Viloyat prokuraturasi axborot xizmati rahbari Bekzod Sharipovning ma’lumot berishicha, pichoqlanish voqeasi 2024-yilning 6-fevral kuni Shofirkon tumanidagi “Alligator” nomli tungi klubda sodir bo‘lgan.
Taxminan uch-to‘rt nafar sheriklari o‘tirgan klubga borgan 51 yoshli fuqaro ulardan biri bilan tortishib qolgan.
Ularning o‘rtasida azaldan yer bilan bog‘liq muammo bo‘lgani bois avvaliga tortishib qolganlar pichoqlashishgacha borgan. Ayni paytda fuqaro shifoxonaga yotqizilgan, — deydi prokuratura mas’uli.
Qo‘shimcha qilinishicha, voqea yuzasidan 2024-yilning 7-fevral kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q