Jamiyat
MMTV Axborot xizmati rahbarining xabariga koʻra, endi dars qoldirib kelayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Ogohlantirish xati” yuboriladi va bu orqali ular turli tartibdagi maʼmuriy javobgarlik haqida ogohlantiriladi.
Maʼlumki, maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga oʻtkazildi. Bu xodimlarning vazifasi oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasini tashkil etishda maktab jamoalariga yaqindan koʻmaklashish, muntazam dars qoldiruvchi oʻquvchilarning ota-onalari bilan ishlashdan iborat.
“Shu maqsadda darslarga muntazam (uch oʻquv kuni va undan ortiq) sababsiz qatnashmayotgan oʻquvchilarning yashash manzillariga tezkor ravishda “Ogohlantirish xati” yuborilmoqda. Unda oʻquvchilarning ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi mazmun-mohiyati tushuntirib oʻtilgan”, – deyiladi xabarda.
Jumladan, ushbu moddada farzandlarini tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarini bajarmaslik, bolalarning majburiy umumiy oʻrta taʼlim olishiga toʻsqinlik qilish oqibatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining tegishli moddasiga asosan qonuniy jazo choralari keltirib oʻtilgan.
Xabarda yozilishicha, jazodan maqsad – darsda ishtirok etmayotgan oʻquvchilar oila aʼzolarining masʼuliyati va javobgarligini oshirish.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q