Jamiyat
12-fevral Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga [85-son] muvofiq Hukumatning 2018-yil 31-maydagi 408-son qarorining 2-ilovasi 27-bandi hamda 3-ilovasi 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.
Shu tariqa ayollarga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha mehnat faoliyatini olib borish uchun huquqiy asos yaratildi:
“Eski normalarning bekor qilinishi bilan ayollarga qoʻshimcha kasb va sohalarda mehnat faoliyatini olib borishi uchun huquqiy asos mustahkamlandi. Shuningdek, transport sohasida gender tenglikni taʼminlash va katta sigʻimli avtobuslarni (elektrobus) boshqarishga ayollarni jalb etish imkoniyati yaratildi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, zamonaviy avtotransport vositalarining texnik xususiyatlari ayollarga ushbu sohalarda qulay va sogʻliqlariga zararsiz mehnat faoliyatini olib borish imkonini beradi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112432
Jamiyat
95093
Jamiyat
91312
Jamiyat
76010
Jamiyat
//
Izoh yo‘q