Jamiyat
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi fuqarolarni norasmiy eʼlonlar hamda vositachi shaxslarga aldanib qolmaslikka chaqirdi.
Xabarga koʻra, soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari nomidan soxta profillar ochib, xorijda ishlash istagidagi fuqarolarga maʼlum pul evaziga yordam berishni vaʼda qilish kabi firibgarlik holatlari kuzatilmoqda.
Oʻrganishlardan maʼlum boʻlishicha, ushbu soxta profillarga Agentlik xodimlarining aloqasi yoʻq.
“Respublikamiz boʻylab tashkil etiladigan tanlovlarda xorijiy ish beruvchi tashkilot vakillari va fuqarolar oʻrtasidagi suhbat, nomzodlarni tanlash jarayoniga Agentlik xodimlari taʼsir oʻtkazishga vakolatli emasligini maʼlum qilamiz”, – deyiladi xabarda.
Agentlik, shuningdek, fuqarolarni vositachilarning bergan vaʼdalariga ishonmaslikni, faqat Agentlikning rasmiy axborot kanallari orqali berilayotgan maʼlumotlardan foydalanish zarurligini taʼkidlagan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q