Jamiyat
Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon tumanida Oʻzbekiston Respublikasini qoʻshni Qirgʻiz Respublikasi bilan bogʻlovchi chegara posti quriladi va ishlari jadal pallaga kirdi, deya xabar bermoqda OʻzA.
Hozir Uchqoʻrgʻon tumanidagi Boʻston mahallasining “Uchqoʻrgʻon – Madaniyat” yoʻlining 10-kilometrida joylashgan “Uchqoʻrgʻon” chegara bojxona posti qurilish jarayonlari qizgʻin kechmoqda. Bunday loyiha Qirgʻiz Respublikasining Jalolobod viloyati Navkent tumani Qiziltuu qishlogʻi hududida joylashgan “Kengsay” bojxona postida ham amalga oshirilmoqda.
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov mazkur chegara posti qurilish jarayonlari bilan tanishib, bunyodkorlik ishlarini tez va sifatli bajarish yuzasidan mutasaddilarga tegishli koʻrsatmalar berdi.
Qardosh ikki davlatni bir-biri bilan bogʻlovchi yana bir doʻstlik yoʻli – “Uchqoʻrgʻon” va “Kengsay” chegara bojxona postlari joriy yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90458
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q