Bu haftada havo sovib ketishi mumkin

Saqlash
00:24 / 13.02.2024 995 0

Xabarga koʻra, joriy yilning 16-fevral kuni Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga, 17-19-fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

 

Jumladan, 16 fevralda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17-19-fevralda Oʻzbekiston hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanadi) kuzatiladi.

 

17-18 fevralda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda yogʻingarchilik kuchli boʻladi.

 

18-19-fevral kunlariga kelib, Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo harorati kechalari minus 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi. Shimolda 17-19-fevral kunlari harorat kechalari minus 13-16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari minus 5-8 daraja sovuqqacha pasayadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//