Jamiyat
Meteoagentning xabar berishicha, 12-14-fevral kunlari kuchli magnit boʻronlari boʻlib oʻtadi. Bu esa surunkali xastaliklarga chalingan insonlar salomatligiga salbiy taʼsir etishi mumkin. Ayniqsa, yurak-qon tomir, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan ogʻriyotgan bemorlar bu oʻzgarishlarni koʻproq his etadi.
Shuningdek, magnit boʻronlari payti baʼzi odamlarda yorugʻlik va baland tovushlarga ogʻriqli reaksiya, uyqusizlik yoki aksincha uyquchanlik paydo boʻladi. Shu sababli magnit boʻronining salbiy taʼsirlaridan insonlar oʻzlarini himoyalashi lozim.
Xoʻsh, sogʻligi yomonlashadigan odam bu paytda nima qilishi kerak?
Sogʻliqni saqlash vazirligining tavsiyasiga koʻra, buning uchun, avvalo, toʻgʻri ovqatlanish qoidalariga rioya qilish zarur. Yaʼni, hazmi ogʻir taomlardan tiyilish, yengil yeguliklar, xususan, qaynatilgan ovqatlar, hoʻl meva va sabzavotlar isteʼmol qilish tavsiya etiladi.
Kunlik taomnomada tuz miqdorini kamaytirish kerak. Chunki u qon bosimini oshiradi. Shu bilan birga, jismoniy mehnatni cheklash, aqliy zoʻriqishlardan tiyilish maqsadga muvofiq.
Shuningdek, bunday kunlarda spirtli va energetik ichimliklardan mutlaqo voz kechgan maʼqul.
Tez-tez iliq dush qabul qilish ham magnit boʻronining salbiy taʼsirini yengishga yordam beradi.
Surunkali kasalliklarga chalinganlar oʻzlari bilan kerakli dori-darmonlarni olib yurishlari, har bir preparatni shifokor nazoratida qabul qilishlari va qon bosimini tez-tez nazorat qilib turishlari lozim.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q