Jamiyat
10-fevral kuni Toshkent viloyatida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (“Green University”)ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi.
Universitetning toʻliq nomi “Central Asian Green University” boʻlib, u biologik xilma-xillikning yoʻqolishi, iqlim oʻzgarishi va ifloslanishning uch karra sayyoraviy inqirozini hal qilishda yordam berishi aytilmoqda.
Bunday oliygohni oshichdan maqsad mahalliy, mintaqaviy va global ekologik muammolarni samarali boshqarish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy va intellektual salohiyatni amalga oshirishda innovatsion gʻoyalar, amaliyot va texnologiyalarni joriy etishdir.
Universitet davlat oliy taʼlim muassasasi boʻlib, “Hub and Spoke” tamoyili asosida faoliyat olib boradi.
Maʼlumot uchun, hozirda hamkorlik uchun Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, AQSH va boshqa davlatlarning xalqaro universitetlaridan professorlar universitetga faol jalb etmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q