Jamiyat
Toshkent shahrida belgilanmagan joyga plastik chiqindini tashlagan yo‘l-patrul xizmati xodimi javobgarlikka tortildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 5-fevral kuni avtomobillardan birining videoregistratori YPX xodimi foydalanib bo‘lingan bir martalik konteynerni yerga tashlab, keyin esa ariq ichiga tepib yuborgani holatini tasvirga olgan video tarqaldi.
Qayd etilishicha, 8-fevral kuni Yashnobod tumani ekologiya bo‘limi xodimlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etgan YPX inspektori jarimaga tortilgan.
Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-1-moddasi (Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 3 barobari (1 million 20 ming so‘m) miqdorida jarima belgilangan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q