Litsenziyasi bekor qilingan oliy taʼlim tashkilotlarining biron-bir talabasi koʻchada qolmaydi – Oliy taʼlim vazirligi

Saqlash
15:48 / 10.02.2024 1276 0

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maʼlum qilishicha, hozirga qadar litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzganligi uchun 6 ta nodavlat oliy taʼlim tashkilotining tegishli litsenziyasini bekor qilish boʻyicha sudga davo arizalari kiritilgan.

 

Shundan 5 tasining tegishli litsenziyalari sud qaroriga koʻra bekor qilingan boʻlsa, 1 ta nodavlat oliy taʼlim tashkilotining litsenziyasini bekor qilish boʻyicha sud jarayoni davom etmoqda.

 

Shu yerda bir savol tugʻilad:

Mazkur oliygohlarda oʻqiyotgan talabalar endi qayerga boradi?

 

Vazirlik bu savolga 2023-yil 3-iyulda imzolaganga PQ-200-son qaror bilan javob beradi.

 

Unga koʻra, litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida tahsil olayotgan talabalarga oʻqishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga belgilangan tartibda koʻchirish huquqi vazirlikka berilgan.

 

Vazirlik munosabatida yozilishicha, litsenziyasi bekor qilingan “Valley Innovative University”, Urganch shahridagi Binari universitetining barcha talabalari tegishli tartibda oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirilgan. Shuningdek, hozirda litsenziyasi bekor qilingan boshqa oliy taʼlim tashkilotlarining talabalarini oʻqishini koʻchirish ishlari tashkil etilmoqda.

 

“Vazirlik litsenziyasi bekor qilingan oliy taʼlim tashkilotlarining biron-bir talabasi koʻchada qolmasligini maʼlum qiladi. Barcha talabalarning arizasiga asosan oʻqishi belgilangan tartibda boshqa oliygohlarga koʻchirilishi taʼminlanadi”, – deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//