Jamiyat
Maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Milliy gvardiya hamkorligida maxsus Ishchi guruh tuzilgan hamda kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar rejasi ishlab chiqilgan.
Ma’lum qilinishicha, respublikadagi barcha maktablarga ota-onalarga yuboriladigan “Ogohlantirish xati” namunalari yetkazilgan bo‘lib, bu orqali darsda ishtirok etmayotgan o‘quvchilar oila a’zolarining mas’uliyati va javobgarligi ham oshiriladi.
Endilikda maktab mas’ullari tomonidan shu namunadagi “Ogohlantirish xati” tezkor ravishda o‘quvchilarning yashash manzillariga yetkaziladi.
“Ogohlantirish xati”da ota-onalar o‘z farzandlarining maktabga borishini ta’minlash mas’uliyatini oshirish maqsadida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 47-moddasi mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun har bir maktabga Milliy gvardiya ofitserlari biriktirilgan.
Qayd etilishicha, haftada kamida bir marta Milliy gvardiya, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari ishtirokida bolalarning ma’naviyati, tarbiyasi va davomati bo‘yicha ota-onalar bilan uchrashuvlar o‘tkazish amaliyoti joriy etilmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Merdan
00:02 / 11.02.2024
Assalomu alaykum bu ishga kirish uchun nimalar zarur