Oʻzbekiston va Belarus yetakchilari “Amirsoy” togʻ-changʻi majmuasida uchrashuv oʻtkazdi

Saqlash
14:52 / 10.02.2024 1209 0

9-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko “Amirsoy” togʻ dam olish maskaniga tashrif buyurdi.

 

8-fevral kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan muzokaralarda davlat rahbarlari madaniy-gumanitar yoʻnalishda, shu jumladan, sport va turizm sohalarida faol almashinuvlarni davom ettirishga kelishib oldi. Oliy darajadagi uchrashuvlar yakunida boshqa hujjatlar qatorida 2024-2025 yillarda sport sohasida hamkorlik boʻyicha dastur va turizm sohasida hamkorlik boʻyicha chora-tadbirlar rejasi imzolangan edi.

 

Maʼlumki, Oʻzbekistonda sport va turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirildi. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Amirsoy” togʻ dam olish maskani shular jumlasidan.

 

Maʼlumot uchun, oxirgi uch yilda bu yerga 4 millionga yaqin sayyoh kelgan.

 

Jahon darajasidagi har mavsumga mos ushbu majmuaga tashrif davomida davlat rahbarlari sportchilar va sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, ikki mamlakat oʻrtasidagi turizm almashinuvini kengaytirish yuzasidan fikr almashdi.

 

Yetakchilar samimiy muloqotni togʻ-changʻi trassasida davom ettirib, birgalikda changʻi uchdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//