Jamiyat
Maʼlum boʻlishicha, kredit olgan tomonlar pullarni maqsadli sarflamasdan, oʻz ehtiyoji uchun ishlatgan.
Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Unda aytilishicha, Boysun tumanida “G.G.” MCHJ rahbari Sh.S. hududiy tijorat banki filialidan zamonaviy issiqxona qurish maqsadida ajratilgan 1 mlrd soʻm kredit evaziga issiqxona jihozlarini olib kelmasdan, kredit mablagʻlarini “N.M.” MCHJga oʻtkazish orqali talon-toroj qilgan.
Shu kabi, “B.H.” fermer xoʻjaligi rahbari B.F. ham chorvachilikni rivojlantirish maqsadida hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablagʻlari evaziga olib kelingan yirik shoxli nasldor chorva mollarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, jami 900 mln soʻm kredit mablagʻini talon-toroj qilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
110000
Jamiyat
94295
Jamiyat
90152
Jamiyat
73439
Jamiyat
//
Izoh yo‘q