Jamiyat
DXXning xabar berishicha, Toshkent shahrida yashovchi 3 nafar shaxs til biriktirib, 6 nafar fuqaroga viza hujjatlarini olib berish hamda Yevropa orqali AQSHga ishga yuborishni vaʼda qilgan. Evaziga esa 32 ming dollar soʻragan va pullarni olayotgan vaqtda ushlangan.
Buxorolik muqaddam 3 marta sudlangan shaxs ham hamshaharining ishonchiga kirib, unga elchixonadan viza olib berishini aytgan va evaziga 40 ming dollar soʻragan. U ham soʻralgan puldan 30 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Samarqandlik 2 nafar shaxs oʻzaro kelishgan holda Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni aylanma yoʻllar orqali Amerikaga joʻnatishlarini aytgan. “Oʻzbekiston-Turkiya-Portugaliya-Gvatemala-Meksika-AQSH” yoʻnalishi orqali joʻnatish bahosi 23 ming dollar etib belgilangan. Soʻralgan pulning 10 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtda ikkala shaxs ham ushlangan.
Yana bir holatda samarqandlik fuqaro oʻz hamyurtini “Oʻzbekiston-Turkiya-Ispaniya-Gonduras-Meksika-AQSH” yoʻnalishi orqali Qoʻshma Shtatlarga yuborishni aytgan va evaziga 18 ming AQSH dollari talab qilgan. U ham oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q