Siyosat
Xabarga koʻra, Afgʻoniston mahalliy energetika kompaniyasi vakili Afgʻoniston hukumati Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Erondan elektr energiyasi importi boʻyicha qarzlarni toʻliq uzganini bildirgan.
Maʼlum boʻlishicha, qarzlar ikki yil davomida toʻplanib qolgan edi, shu hisobda qoʻshni davlat barcha elektr energiya sotuvchi hamkorlariga jami 627 million dollar toʻlagan.
Vakilning aytishicha, qarzlarning hammasi ham yangi hukumatga tegishli emas. Toʻlangan qarzlarda Ashraf Gʻani boshchiligidagi avvalgi hukumatning ham hissasi bor.
Maʼlumot uchun, 2023-yilda Oʻzbekiston Afgʻonistonga 91 million dollar evaziga 1,82 milliard kVt•soat elektr energiya eksport qilgan.
2024-yil yanvar oyida esa Oʻzbekiston oʻz hamkorlariga qariyb 16 million dollarga 320 million kVt•soat elektr energiyasi yetkazib bergan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
109638
Jamiyat
94028
Jamiyat
89790
Jamiyat
72951
Jamiyat
//
Izoh yo‘q