Siyosat
“Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi
Unda davlat fuqarolik xizmatchilarining maqomi, ularning huquq va majburiyatlari, davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari, davlat fuqarolik xizmatiga kirish ochiq tanlov asosida amalga oshirilishi, davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi, xizmat safarlari, ijtimoiy himoyasi, xususan, davlat fuqarolik xizmatchisining hayoti va sogʻligʻi davlat byudjeti hisobidan majburiy sugʻurta qilinishi belgilanmoqda.
Qonun loyihasiga muvofiq, endilikda davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri yuritiladi hamda davlat fuqarolik lavozimlari guruhlar, toifalarga boʻlinadi va malaka darajalari hamda davlat fuqarolik xizmati lavozimi turkumlari tartibga solinadi.
Bundan tashqari, qonun loyihasida davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar belgilanib, oʻzaro yaqin qarindoshlik yoki quda-andachilikda boʻlgan shaxslar bevosita boʻysunuv va nazorati ostidagi davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash, pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari boshqa haq toʻlanadigan faoliyat turi bilan shugʻullanish, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish, mavqeyidan foydalanib yoki oʻz xizmat vazifalarini bajarishi evaziga har qanday turdagi mukofot yoxud sovgʻa olish, chet el fuqaroligiga ega boʻlish, respublika hududidan tashqarida hisob varaqlar ochish va egalik qilish, koʻchmas va boshqa mol-mulkka ega boʻlish taqiqlanmoqda.
Ahamiyatlisi, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha alohida bob ajratilgan boʻlib, unga koʻra, davlat fuqarolik xizmatchisining manfaatlar toʻqnashuvini hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslari belgilanishi va rioya qilish yuzasidan monitoring va nazorat oʻtkazilishini taʼminlash, davlat fuqarolik xizmatchisining sovgʻa olish va berish tartibini belgilash, davlat fuqarolik xizmatchisining odob-axloq qoidalari, xususan davlat fuqarolik xizmatchisining xizmatda va xizmatdan tashqaridagi xulq-atvorining asosiy qoidalarini belgilash kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q