Ijtimoiy tarmoqlarda zoʻravonlikni targʻib qiluvchi yana bir video tarqaldi

Saqlash
17:49 / 08.02.2024 278 0

Zoʻravonlikka qarshi “Ne molchi” (“Sukut saqlama”) loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda oʻzbek blogerlari tomonidan zoʻravonlikni targʻib qiluvchi yana bir video paydo boʻlgani haqida xabar berdi.

 

«Butun mamlakat boʻylab minglab ayollar va bolalar shunday zoʻravonlikka duchor boʻlayotgan bir paytda nega xayp uchun maishiy zoʻravonlik kabi ogʻir va nozik mavzu qoʻllanilyapti? Gender zoʻravonligiga qarshi kurashuvchi va gender tenglikni targʻib etuvchi loyiha sifatida, ijtimoiy tarmoqlarda bunday holatlarni uchratganda jahlimiz chiqadi va xafa boʻlamiz. Umid qilamizki, huquq-tartibot organlari bunday hollarga bundan keyin ham tezkorlik va xolislik bilan chora koʻrishda davom etadi. Hech qanday "uzrlar" bizga kerak emas.

 

Bunday shaxslarni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 189-1-moddasi bilan javobgarlikka tortish kerakligi haqida koʻp marta yozganmiz. Ushbu rolik mualliflari qonun boʻyicha javobgarlikka tortilishini kutib qolamiz», – deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//