Jamiyat
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida korrupsiyaviy holatlarga yoʻl qoʻygan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum bo'lishicha, Oqdaryo tumanida yashovchi, Milliy gvardiya Samarqand viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi Ishtixon tumanlararo qoʻriqlash boʻlimi xodimi 34 yoshli F.O. mansab vakolatidan foydalangan holda mahalliy fuqaroga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni vaʼda qilgan. U fuqarodan 1,5 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, boshqarma tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi tadbir davomida, advokat Sh.A. mahalliy fuqaroga sud tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilishini bekor qilish maqsadida oʻzining mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni vaʼda qilib, buning uchun fuqarodan 600 dollarni pora tariqasida olayotgan vaqtida qoʻlga olingan.
«Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q