“Zulfiya” mukofoti endi IT sohasidagi xotin-qizlarga ham beriladi

Saqlash
14:37 / 08.02.2024 319 0

Prezident farmoni bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini berish tartibiga oʻzgartirish kiritildi.

 

Endilikda axborot texnologiyalari yoʻnalishida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar ham ushbu mukofot bilan taqdirlanadi. Shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi rahbarlik qiladigan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi jamoatchilik asosida faoliyat olib boradi.

 

Bundan tashqari, farmonda mukofotni olish uchun talabgorning soʻnggi 3 yil mobaynidagi ibratli faoliyati, taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etilishi belgilandi.

 

Maʼlumot uchun, oldin bu tartib soʻngi 2 yillikni oʻz ichiga olgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//