Jamiyat
Uychi tumani orqali Uchqoʻrgʻon va Norin tumanlarini viloyat markazi bilan bogʻlovchi yangi yoʻl va Norin daryosi ustiga koʻprik qurilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Uychi tumanidagi oʻrganishlari jarayonida umumiy uzunligi 17.5 km ni tashkil etuvchi mazkur loyiha taqdimoti bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, respublika yoʻl qurilish direksiyasi buyurtmachiligida bosh pudratchi “Toshkent koʻpriklardan foydalanish” DUK tomonidan Norin daryosi ustiga 2024-yilda qiymati 53,6 mlrd. soʻmlik 482 metr uzunlikda koʻprik quriladi. Jami obyekt qiymati 184,9 mlrd. soʻmni tashkil etadi.
Taʼkidlanishicha, ushbu loyiha sharofati bilan Uychi, Norin tumanlarida transport tirbandliklari va kelgusida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻl-transport hodisalari oldi olinib, 100 dan ziyod MFYlarda yashovchi 450 ming aholi va 100 dan ortiq tadbirkorlik subyektlariga yanada qulaylik yaratiladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q