Jamiyat
17 yoshdan pensiya yoshigacha boʻlgan ishsiz fuqarolarga ishsizlik nafaqasi toʻlanadi.
“Ishsizlik nafaqasi” bir yilda 26 hafta toʻlanadi, yaʼni 6,5 oy beriladi.
Bu nafaqani olish davrida ishsiz shaxs ish qidirishi va ishga joylashtirishga doir yoʻllanma (kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga) olish uchun ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga murojaat qilishi shart.
Hozirda “ishsizlik nafaqasi”ni olish uchun masofaviy amaliyot yoʻlga qoʻyilgan.
Tartibi:
▫️ “my.gov.uz” saytida roʻyxatdan oʻtiladi.
▫️ “Sohalar” boʻlimining eng pastida joylashgan “Sinov tartibidagi xizmatlar” qismiga kiriladi;
▫️ “Ishsiz deb eʼtirof etish va ishsizlik nafaqasini tayinlash” boʻlimida barcha maʼlumotlar bilan tanishib chiqiladi;
▫️ “Xizmatdan foydalanish” tugmachasi bosiladi va talab etilgan barcha maʼlumotlar toʻldiriladi;
▫️ Ariza yuboriladi.
Ariza 15 kun ichida koʻrib chiqiladi.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
110000
Jamiyat
94295
Jamiyat
90152
Jamiyat
73439
Jamiyat
//
1 Izoh
Shuhrat
03:02 / 14.02.2024
Yordam qilshsin qinalganman yahshi bolardi