Oʻtgan yili 8 200 nafardan oshiq yoshlarga IELTS xarajatlari toʻlab berilgan

Saqlash
19:59 / 07.02.2024 296 0

2023-yil davomida xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan 12,3 ming nafar yoshlarning imtihon topshirish xarajatlari uchun 21,7 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.

 

Maʼlumki, yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini oʻrganishi va ularni xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida taʼlim oluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga olti oygacha muddatli oʻquv kurslar uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha miqdorda mablagʻ ajratilishi belgilangan.

 

Shu hisobda, 2023-yil davomida ushbu loyiha orqali 8072 nafar yoshlarga 18,1 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan.

 

Respublika miqyosida xalqaro imtihon tizimlaridan yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari quyidagi tartibda qoplab berilgan:

 

▫️ “IELTS” – 8 275 nafar;

▫️ “TOEFL” – 30 nafar;

▫️ “GMAT” – 13 nafar;

▫️ “SAT” – 960 nafar;

▫️ Rus tili – 2864 nafar;

▫️ Koreys tili – 77 nafar.

 

Shu bilan birga, yana 9 ta xorijiy til va imtihon turlari uchun ham toʻlov pullari qoplab berilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//