Poytaxtda ayrim noqonuniy qurilma va inshootlarni demontaj qilish boshlanadi

Saqlash
18:12 / 07.02.2024 317 0

Xabarga koʻra, Toshkentni hamma uchun qulay muhitga aylantirish maqsad qilingan jarayonda bir nechta jihatlar tahlil qilingan. Jumladan, piyodalar uchun moʻljallangan yoʻllarning qulayligi tekshirilmoqda.

 

Bunda tartibsiz, yagona uslubsiz va koʻp hollarda tegishli shahar xizmatlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalarsiz qurilgan binolar eʼtiborni tortmoqda.

 

“Yoʻllar boʻylab joylashgan bu binolar aholi uchun xavf tugʻdiradi, masalan, ularning aksariyatida toʻxtash joylari va yoʻlaklari yoʻq, ular piyodalar yoʻlaklariga chiqib ketgan tarzda tashkil etilgan. Shunday qilib, haydovchining bir daqiqalik xarid qilish jarayoni boshqa haydovchilar uchun ham, piyodalar uchun ham sezilarli noqulaylik va xavf tugʻdiradi”, – deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, tahlil natijalari asosida tegishli shahar xizmatlari tomonidan noqonuniy qurilma va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlanmoqda.

 

Shu oʻrinda Toshkent shahar hokimligi shahar hududida maishiy va tijorat binolariga ega boʻlgan poytaxt aholisini hujjatlarning shaharsozlik meʼyorlariga muvofiqligini yana bir bor sinchiklab tekshirishga chaqirmoqda.

 

“Tadbirkorlar va shahar aholisini ushbu turdagi koʻchmas mulkni xarid qilishda ehtiyotkor boʻlishga, yuridik xizmatlar bilan maslahatlashishga chaqirish zarur, deb hisoblaymiz. Toshkent shahar kadastr xizmatlari tomonidan beriladigan, ularning chegaralari, maydoni va binolarning turlarini tasdiqlovchi hujjatlardan tashqari, bino va inshootlar uchun hujjatlarning muqobil turlari mavjud emas.

 

Potensial xaridning barcha tafsilotlarini aniqlashtirish uchun vakolatli organlarga shaxsan yoki onlayn davlat xizmatlari orqali murojaat qiling”, – deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//