Jamiyat
Xabaringiz bor, Umra ziyoratiga borgan oʻzbekistonliklar nomaʼlum sabablarga koʻra oʻz vataniga qayta olishmadi. Bu esa keng jamoatchilik muhokamasiga sabab boʻldi.
Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi tomonidan oʻzbekistonliklarni Umra safaridan qaytarish choralarini koʻrmagan hamda boshqa jiddiy qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻygan Panorama Airways kompaniyasi mansabdor shaxslariga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur xususiy avikompaniya Saudiya Arabistonidan Umra ziyoratiga borganlarni Oʻzbekistonga qaytara olmagandi.
Maʼlumot uchun, yaqinda 3000 dan ortiq ziyoratchi uyiga qaytarildi.
Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
“Ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi”, — deyiladi xabarda.
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90458
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q