Jamiyat
IES havoni ifloslantirib, atrof-muhitga zarar keltirgan
Ijtimoiy tarmoqlarda Yangi Angren IES bilan bogʻliq murojaat tarqalgan edi. Holat Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan oʻrganilgan.
Xabarda aytilishicha, tekshiruv davomida atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli moddalar belgilangan meʼyorlarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. Shu bilan birga, chang gaz tozalash uskunalari (filtrlari) samaradorligi 80 foizga tushib ketgan.
Oqibatda, Yangi Angren IES atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirganligi uchun 887 million, sanoat chiqindilarini belgilanmagan joyga joylashtirganligi uchun 116 million, jami 1 milliard 3 million soʻm kompensatsiya toʻlaydigan boʻldi.
Shuningdek, 11 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʻrish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilingan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112173
Jamiyat
94858
Jamiyat
90930
Jamiyat
75714
Jamiyat
//
Izoh yo‘q