Jamiyat
Kuchli shamol natijasida Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi ayrim elektr tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu hududlarda yuz bergan kuchli shamol ba’zi bir elektr qurilmalarida nosozliklarga sabab bo‘lgan. Natijada Samarqand viloyatida 457 MVt (114 ming 250 ta iste’molchi), Jizzax viloyatida esa 64 MVt (16 mingta iste’molchi) quvvat bilan elektr ta’minotida vaqtinchalik qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.
«Maxsus brigadalar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Nosozliklar qisqa vaqt ichida bosqichma-bosqich bartaraf qilinib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi», deyiladi xabarda.
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90458
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q