Iqtisod
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hamda Statistika agentligi tomonidan 2023-yil uchun O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi tahlil qilindi.
Unga ko‘ra, mamlakatimizda kambag‘allik darajasi 2023-yil yakunida 11,0 foizgacha pasaygan. Mazkur tahlillar Statistika agentligi tomonidan o‘tkazilgan 16 mingta uy xo‘jaliklari kuzatuvlari natijasida olingan maʼlumotlarga asoslangan.
Manbada aytilishicha, mamlakatimizda o‘tgan yilga nisbatan 3,1 foizga kambag‘allik qisqargan. 2022-yil natijalarida kambag‘allik darajasi 14 foizni tashkil etgan. Jarayon Jahon banki ekspertlari tomonidan tekshirilgan.
Kambag‘allikning pasayishi barcha viloyatlarda qayd etilgan. Jumladan, ko‘rsatgichlar Sirdaryo (19,5% dan 13,8% gacha), Andijon (17,4% dan 11,9% gacha) viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda (19,9% dan 13,7% gacha) sezilarli darajada qisqargan bo‘lsa, minimal o‘zgarishlar Toshkent shahri (8,5% dan 7,9% gacha) va Buxoro (11.9% dan 11,8% gacha), Qashqadaryo (12,7% dan 11,5% gacha) viloyatlarida aniqlangan.
Maʼlumot uchun, 2023-yilda 208 ming oilaning 873 ming oila aʼzosi kambag‘allikdan chiqarilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q