Jamiyat
Kelayotgan oy ob-havosi bo‘yicha O‘zgidromet agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, fevral oyi odatdagidan biroz iliqroq bo‘ladi. O‘rtacha oylik havo harorati meʼyor atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Baʼzi joylarda meʼyordan 1-1,5 daraja yuqori bo‘lib, 2-4 daraja iliqni, shimolda 2 daraja sovuq, 1 daraja iliqni, janubda 6-8 daraja iliqni tashkil etadi.
Fevral oyining boshi nisbatan sovuq bo‘lishi kutiladi. Birinchi besh kunlikda havo harorati, asosan, kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq bo‘ladi. Baʼzi joylarda harorat 0-2 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik 1 fevral va 4 fevral kunlari respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 3-fevralda janubiy viloyatlarida bo‘lib o‘tadi.
Ikkinchi besh kunlikda harorat kechalari 0-5, kunduz kunlari esa 8- 13 darajagacha ko‘tariladi.
7-8-fevral kunlari asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.
Oyning oxirigacha harorat o‘zgarib turadi.
Fevral oyida yog‘ingarchilik miqdori meʼyordan kam, baʼzi joylarda meʼyor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Sport
Jahon
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q