“Haj”ga yuborishni vaʼda qilib, odamlardan 15 ming AQSH dollari olgan firibgarga hukm o‘qildi

Saqlash
16:51 / 31.01.2024 823 0

Buvaydada A. Javlonov (ismlar shartli) I.Raximovaga onasi X.Rejavaliyevani 7.000 AQSH dollari evaziga «Sheyx-777» turistik firmasi orqali “Haj” ziyoratiga yuborishini aytib, undan 4.000 AQSH dollari olgan.

 

Bundan tashqari, A. Javlonov U. Egamberdiyevga ota-onasini 14.000 AQSH dollari evaziga o‘sha turistik firma orqali “Haj”ga yuborishini aytib, 8.200 AQSH dollari, O. Axmedovdan 1.000 AQSH dollari va X.Usmonovdan 1.500 AQSH dollari olgan.

 

Firibgar 2023-yil 29-may kuni huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangani sababli “Haj”ga jo‘natish uchun mazkur fuqarolardan pullarning qolgan qismini olishga ulgurmagan.

 

Sud sudlanuvchi, jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlarini, taraflarning muzokara nutqlarini, sudlanuvchining oxirgi so‘zini tinglab, jinoyat ishi materiallarini har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqib, sudlanuvchi A. Javlonovni Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi «a, b» bandlari bilan aybli deb topib, qonun sanksiyasida ko‘rsatilgan jazoni tayinladi.

 

Mutasaddilar “Haj” ziyoratiga borishni niyat qilgan fuqarolarni turistik firmalarga aldanib qolmaslikga chaqirmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//