Jamiyat
30-yanvar kuni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida bir qator takliflar muhokamaga qo‘yildi. Bulardan ayrimlari:
🔘 Yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni keng ommalashtirish va biznes bilan shug‘ullanishga qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga yo‘naltirish;
🔘 Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘nalishi doirasida 2024 yilda 6,7 million nafar 40 va undan katta yoshdagi aholi orasida yurak qon-tomir, qandli diabet, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari xavfini aniqlash bo‘yicha profilaktik ko‘riklar tashkil etish;
🔘 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab pensiya tayinlashda bir vaqtning o‘zida sanatoriyaga navbatga qo‘yish va shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘idagi pulni olish bilan bog‘liq harakatlarni proaktiv tarzda amalga oshirish, nogironlikni tayinlashda esa, sanatoriyaga navbatga qo‘yish va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan imtiyozlar to‘g‘risida xabardor qilish tartibi joriy etish;
🔘 Banklar tomonidan taqdim etiladigan kredit stavkalarini bozor mexanizmlari asosida 2–3 foiz bandga pasaytirish uchun zarur sharoitlar yaratish;
🔘 500 va undan ortiq kvadrat metrlik qurilish maydonida, unga kirib-chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etish;
🔘 Toshkent shahrida yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan N2, N3, O4 toifaga kiruvchi avtotransport vositalarining harakati tig‘iz vaqt oraliqlarida taqiqlansin. Bunda, ushbu cheklovlar maxsus xizmat shu jumladan, kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yuk transporti vositalariga tatbiq etilmasligi belgilash;
🔘 Yo‘l harakati qoidalari buzilishi holati yuzasidan yuboriladigan qaror va xabarnomalar ustidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron murojaat qilish imkoniyati yaratish.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi loyihasidagi mazkur takliflar muhokamasi joriy yilning 14-fevralida yakunlanadi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q