Jamiyat
Uy-joy kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Unga ko‘ra, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati va u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi kafolatlanishi belgilanmoqda.
Mazkur qonun qabul qilinishi oldidan Tabiat resurslari vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev ham o‘z fikrini quyidagicha bildirib o‘tdi:
“Afsuski bu juda kech qabul qilinayotgan qonun. Bungacha minglab uy-joylar fuqarolarning xohishiga zid ravishda biznes doiralarning foydasi uchun "snos" qilindi. Fuqarolar Konstitutsiyada kafolatlangan mulk huquqi daxlsizligiga erisha olmay sarson bo‘lishdi. Va bu jarayon hamon davom etmoqda”.
Mazkur qonun qabul qilinishi natijasida endi uy qurib sotadigan biznesmenlar aholi uylarini sud qarorisiz buzib, o‘z bilganlaricha ish tutishmaydi. Agar u kuchga kirsa, albatta, aholi uchun katta yengillik berishi aniq.
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90458
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q