Jamiyat
Holat Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlaridan birida yuz bergan.
Manbaga ko‘ra, maktab internati uchun autsorsing xizmatini ko‘rsatgan xususiy korxona tomonidan tayyorlangan oziq-ovqat oqibatida 33 nafar o‘quvchi “O‘tkir gastrit” alomatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Tekshiruv natijasida mazkur korxona tayyor oziq-ovqat uchun isteʼmolga yaroqsiz mahsulotlardan foydalangani maʼlum bo‘lgan.
Shuningdek, tekshiruv davomida oshxona jihozlaridan foydalanish tartib qoidalariga ham rioya qilinmaganligi, bu esa bolalar o‘rtasida yuqumli oshqozon ichak kasalliklari bilan kasallanishiga olib kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tuman prokuraturasi tomonidan 2024-yil 26-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 186-moddasi 4-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
Ilm-fan
109996
Jamiyat
94293
Jamiyat
90150
Jamiyat
73432
Jamiyat
//
Izoh yo‘q