Jamiyat
2024-yil 26-yanvar kuni Hukumat qarori bilan “Chorvachilik xo‘jaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, chorvachilik xo‘jaliklariga 2025-yil 31-dekabrgacha davlat tomonidan xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 mln so‘m, nasldor qo‘y va echkining har bir boshiga 400 ming so‘m miqdorda subsidiya ajratiladi.
Subsidiya oluvchi xorijiy davlatdan nasldor qoramolni olib kelgandan so‘ng, tuman komissiyasiga subsidiya olish uchun “Agrosubsidiya” AT orqali murojaat qiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
✔️ xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkining kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
✔️ xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkining kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
✔️ xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkini sotib olish bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi va to‘lov topshiriqnomasi nusxasi;
✔️ bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi;
✔️ xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkilarning elektron identifikatsiya bazaga kiritilganligi.
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90458
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q