Jamiyat
Talaba oliy taʼlim muassasasiga arizani bola tug‘ilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etadi. Belgilangan nafaqa puli hujjat qabul qilingan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmagan holda oliy taʼlim tashkiloti rahbariyati tomonidan to‘lab berildi. Bu majburiy hisoblanadi.
Jumladan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki o‘qish joyidan to‘lanadi.
Hozirgi kunda nafaqa puli miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizini tashkil etadi.
Maʼlumot uchun, 2023-yil 1-dekabrdan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 050 000 so‘m etib belgilangan.
Kerakli hujjatlar:
• OTM rektori nomiga ariza;
• Pasport nusxasi;
• Bolaning tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
Ilm-fan
109996
Jamiyat
94293
Jamiyat
90150
Jamiyat
73432
Jamiyat
//
Izoh yo‘q