2025-yildan Ai-80 markali benzindan voz kechiladi

Saqlash
20:07 / 29.01.2024 1138 0

Yig‘ilishda bosh vazir A.Aripovga mazkur masalasini uzil-kesil hal qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

 

Bunga sabab havoning ifloslanishida Ai-80 markali benzinning roli katta ekanligidadir.

 

Endilikda poytaxtda og‘ir yuk mashinalari, 10 yildan oshgan avtomobillar hamda “Yevro-4”dan past yonilg‘idan foydalanishning ekologiyaga taʼsirini kamaytirish bo‘yicha aniq mexanizmlar ishlab chiqiladi.

 

Jumladan, "Yashil energetika”ni qo‘llab-quvvatlash, ekologik muammolarning oldini olish va zararli oqibatlarni kamaytirish maqsadida aholini elektromobillarga o‘tishini rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//