Jamiyat
Prezident boshchiligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Toshkent shahrida tirbandlik katta muammoga aylanib borayotgani taʼkidlandi.
Jumladan, ayrim ko‘chalarda ish kunlari o‘rtacha 7-9 ballik, baʼzan 10 ballik tirbandliklar kuzatilayotgani, baʼzilariga 2 karra ko‘p yuklama tushayotgani kuzatilgan. Yig‘ilishda ana shu masalaga jiddiy eʼtibor qaratildi.
"Shaharsozlik va yo‘l harakatiga masʼul barcha bo‘g‘indagi rahbarlar "Shahar – piyodalar uchun” degan shiorni o‘zining asosiy tamoyili qilib olishi shart.
Bunda, jamoat transportiga har tomonlama ustunlik berilishi, avtomobillar esa hashamatga aylanishi kerak", - deb aytgan Prezident.
Yig‘ilish davomida bosh vazir o‘rinbosari A.Ramatov, Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligiga tizimli yondashgan holda tirbandliklar muammosi bo‘yicha takliflarni shakllantirish va Prezidentga taqdimot qilish vazifasi topshirildi.
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90458
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q