Prezident Transport vaziri va o‘rinbosari, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i va “Toshshahartransxizmat” raisiga hayfsan berdi

Saqlash
16:01 / 29.01.2024 828 0

Prezident raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish boshlanganidan xabaringiz bor.

 

Davlatimiz rahbari qurilish sohasiga zamonaviy standartlarni joriy qilib, qurilish normalarini yangilash, ichimlik suvi tannarxi va tarmoqdagi yo‘qotishlarni kamaytirish, mahalliy aviareyslarni ko‘paytirish, Toshkent shahrida tirbandlikni kamaytirish va jamoat transportini yaxshilashdagi kamchiliklarni birma-bir sanab, mutasaddilarning bu boradagi ishlari qoniqarsiz ekanligini qayd etgan.

 

“Shu munosabat bilan transport vaziri I.Mahkamov, uning birinchi o‘rinbosari M.Omarov, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i O. Saidov va «Toshshahartransxizmat» AJ raisi A. Jo‘rayevga hayfsan eʼlon qilindi va oxirgi ogohlantirish berildi”, - deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov.

 

Maʼlumot uchun, yuqorida sanab o‘tilgan tizimda 3 ta vazirlik va idora, 3 ta inspeksiya, 5 ta kompaniya, hududlarda qurilish, uy-joy va kommunal xo‘jaligi sohalariga masʼul hokim o‘rinbosarlari xizmat ko‘rsatadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//