Turkiyada “O‘zbekcha-turkcha” lug‘at nashr etildi

Saqlash
15:04 / 29.01.2024 1134 0

Turkiyaning “Nobel” nashriyotida nashr etilgan ushbu keng hajmli lug‘at professor Hikmet Ko‘rash, professor Fatma Achik va filologiya fanlari doktori Zamira O‘zturk hamkorligida ishlab chiqilgan.

 

Yetti yillik izlanishlar natijasida tayyorlangan mazkur qo‘llanma tarjimonlar, akademik davralar uchun so‘nggi yillarda yaratilgan mukammal so‘z yordamchisi bo‘lib xizmat qiladi. Undagi o‘zbekcha so‘zlar ham kirill, ham lotin alifbolarida berilgan.

 

 

“Ushbu lug‘at Turkiya va O‘zbekiston Respublikalari o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik munosabatlariga bag‘ishlanadi”, – deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//