Jamiyat
Tojikiston ilk ishtirokidayoq Osiyo kubogining chorak finaliga yoʻl oldi. Tojikistonlik futbolchilar oʻzbek muxlislariga minnatdorlik ramzi sifatida gʻalabani Oʻzbekiston bayroqlari bilan birga nishonladi.

Oʻz tarixida ilk marta Osiyo kubogida ishtirok etayotgan Tojikiston terma jamoasi dastlabki sensatsiya muallifiga aylandi. Qoʻshnilarimiz nimchorak finalda Birlashgan Arab Amirliklarini penaltilar seriyasida magʻlub etib, chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Hakamning final hushtagi chalingandan soʻng tojikistonliklar futbolchilar vatandoshlari joylashgan sektor oldida gʻalabani nishonladi. Ushbu sektorda tojikistonlik futbol ishqibozlari bilan birga oʻyinni kuzatgan va oʻyin davomida va gʻalabadan keyin qoʻshnilarni qoʻllab-quvvatlagan oʻzbekistonlik muxlislarga minnatdorlik yuzasidan tojikistonlik futbolchilar maydon uzra Oʻzbekiston bayrogʻini ham hilpiratdi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112173
Jamiyat
94858
Jamiyat
90930
Jamiyat
75714
Jamiyat
//
Izoh yo‘q