Jamiyat
2024-yil 23-yanvarda imzolangan "Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-20-son farmoniga ko‘ra, dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish uchun ishlab chiqarilgan kontent Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan xulosa asosida efirga uzatiladi.
Shuningdek, hujjatga ko‘ra, dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlovchi, ulgurji hamda chakana realizatsiya qiluvchi tashkilotlar aholini sifatini, xavfsizligi va samaradorligi kafolatlangan dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash uchun masʼul bo‘lgan tashkilot sifatida eʼtirof etiladi hamda ularga nisbatan davlat nazoratini amalga oshirishning alohida qoidalari belgilanadi.
Shu bilan birga, dori vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan, xalqaro standartlar talablari asosida farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi uch oy muddatda dori vositalarining farmakologik nazorati xalqaro talablar asosida tashkil etilishini va farmakologik nazorat faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqilishini taʼminlaydi.
Mazkur tartiblar 2024-yil iyul oyidan amalda bo'ladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q