Jamiyat
Bolalar ombudsmaniga Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida yashovchi T.J.dan uning 2006-yilda tug‘ilgan farzandi J.J. qurilish maydonida ishlashi vaqtida yiqilib, og‘ir jarohat olganligi va bu holat yuzasidan masʼul shaxslarga chora ko‘rilmaganligi bo‘yicha murojaati kelib tushgan. Bu haqida Bolalar ombudsmani o‘z rasmiy manbasida xabar berdi.
Murojaatdan so‘ng, tekshiruv ishlari boshlangan. Aniqlanishicha, 2006-yilda tug‘ilgan J.J. Toshkent viloyati Qibray tumani “Bo‘ston” MFYda qurilayotgan kottejlardan birida yollanma ishchi bo‘lib ishlab kelgan. 2023-yil 25-dekabr kuni o‘zi ishlayotgan binoning ikkinchi qavatidan yiqilib tushgan. Buning natijasida o‘smir bosh miya jarohatlanishi, oyoq-qo‘l sinishi hamda tana qismidagi boshqa jarohatlar bilan Toshkent viloyati Qibray tumani tibbiyot birlashmasiga og‘ir ahvolda keltirilgan va jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan. Zarur bo‘lgan davolanish va tibbiy muolajalar natijasida o‘smirning ahvoli yaxshilangan.
Maʼlumot uchun, holat yuzasidan tayinlangan sud tibbiy ekspertizasining 2023-yil 29-dekabrdagi xulosasida J.J.dagi tan jarohatlar og‘ir deb hisoblanishi qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari yakuniga ko‘ra, Qibray tumani IIB TB tomonidan JKning 257-moddasi 1-qismi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirgi kunda J.J. Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala TTB jarohlik bo‘limida davolanmoqda.
"Bolalar ombudsmani bolaning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi" - deyiladi xabarda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q