Fuqarolarni AQSH, Fransiya va Kanadaga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Saqlash
20:01 / 26.01.2024 1936 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar K.S., M.O. va O.Z. fuqaro Sh.Sh.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Yevropa davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish hamda viza hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 32 000 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, fuqaro O.Z. fuqaro Sh.F. va uning oila a’zolariga ham Fransiya davlatiga borishlari uchun viza hujjatlarini olib berishni va’da bergan va evaziga 3 900 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan o‘zining viza kartasiga o‘tkazib olgan.

 

Shuningdek, Departament hamda DXXning Oqdaryo tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar H.A. G.M. va J.A. fuqaro R.M.ning ishonchiga kirib, uni 7 000 AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida Kanada davlatiga ishga yuborishini aytib, oldindan 1 500 AQSH dollari va 600 ming so‘mni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-, 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//