Jamiyat
Ma’lum bo‘lishicha, Izboskan tumanida yashovchi lnoyatxon ismli fuqaro tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi mavjud bo‘lmaganligi bois tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini olmagan. Ayol shu paytgacha Asaka tumanidagi nogironligi bo‘lgan bolalar maktab internatida hamda 1993-yildan "Muruvvat" internat uyida yashab kelgan.
Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Izboskan tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqaroning tug‘ilganlik fakti sud idoralari orqali tasdiqlandi va ayolga FHDY bo‘limi tomonidan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi.
Endilikda ayolga tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan identifikatsiyalovchi ID-karta rasmiylashtirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111848
Jamiyat
94678
Jamiyat
90674
Jamiyat
75345
Jamiyat
//
Izoh yo‘q