Jamiyat
Ushbu hodisa Shahrixon tumanidagi buyum bozorida sodir bo‘lgan va yong‘in natijasida taxminan 700-800 kvadrat metr maydon yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida kuyish tan jarohatini olish va halok bo‘lish holatlari to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi buyum bozori yonayotgani haqida videolar tarqaldi. Videolarda bozordagi do‘konlar yonayotgani, olov juda katta hududni qamrab olganini ko‘rish mumkin.
Yong‘in haqidagi xabar FVBga 25-yanvar kuni soat 23:30 da kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 20 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 23:32 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in 26-yanvar kuni soat 00:30 da o‘rab olingan va 01:53 da bartaraf etildi.
Yong‘in natijasida taxminan 700-800 kvadrat metr maydon yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish tan jarohatini olish va halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Voqea joyida viloyat hamda tuman FVB rahbar xodimlari ishlamoqda.
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
Ilm-fan
109996
Jamiyat
94293
Jamiyat
90150
Jamiyat
73432
Jamiyat
//
Izoh yo‘q