Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi oʻz yakuniga yetdi.
Davlat rahbari 24-yanvar kuni Pekin shahrida XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokara oʻtkazdi. Soʻng yetakchilar qoʻshma bayonot qabul qildi, ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami imzolandi.
Tashrifning birinchi kunida ushbu mamlakat Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan va Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qoʻmitasi Raisi Chjao Leszi bilan ham uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, CNPC va CITIC korporatsiyalari, Xitoy Eksport-import banki rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazildi.
Davlat tashrifining ikkinchi kuni Xitoyning innovatsiyalar poytaxti – Shenchjen shahrida ishbilarmonlik tadbirlari bo‘lib oʻtdi. Oʻzbekiston Prezidenti Guandun muzofoti partiya qoʻmitasi kotibi Xuan Kunmin bilan hududlararo aloqalarni muhokama qildi.
Prezident Xitoy yirik biznesining 600 dan ziyod vakillarini yigʻgan qoʻshma Investitsiya forumida ishtirok etdi hamda Ipak yoʻli fondi, “SANY” va “CSG” kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi.
Global elektomobillar bozori peshqadami – “BYD” kompaniyasi bosh qarorgohi va texnologiyalar markaziga tashrif buyurib, davlat rahbari Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillarni birgalikda ishlab chiqarishga start berdi.
Shu bilan Xitoyga davlat tashrifi dasturidagi tadbirlar yakunlandi.
Aeroportda oliy martabali mehmonni Guandun muzofotining rasmiy shaxslari kuzatib qoʻydi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q