Siyosat
23-yanvar kuni Xitoyning Shenchjen shahrida Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzakov boshchiligidagi delegatsiya Beijing North Bartholet Ropeway Technology kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Kompaniyaning MDH davlatlari bilan ishlash bo‘yicha direktori Bey Kyu Shveysariya sifatining fundamental tamoyillari asosida shahar mobilligini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha olib borayotgan ishlari haqida ma’lumot bergan.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha “Toshkent invest kompaniyasi” va Beijing North Bartholet Ropeway Technology o‘rtasida investitsiya shartnomasi imzolandi.
Loyiha yerusti transportini kanatli taksilar bilan dublyor takrorlashga qaratilgan bo‘lib, jamoatchilikka oldindan taqdim etilishi rejalashtirilgan, ularning tavsiyalari va takliflari kompaniya loyiha ofisiga yuboriladi, deyiladi xabarda. Kompaniya uning amalga oshirilishini va operatsion boshqaruvini ta’minlaydi.
Suratlardan birida kanat yo‘li shaharning “Maxtumquli” ko‘chasida qurilganini, har bir kabinasi 10 kishini sig‘dira olishini ko‘rish mumkin.
Ma’lumot uchun, Beijing North Bartholet Ropeway Technology Xitoy va Shveysariyaning Bartholet Maschinenbau AG kompaniyasi o‘rtasidagi qo‘shma korxona bo‘lib, kanat yo‘llari, istirohat bog‘lari, mashinasozlik va yoritish uskunalari sohasida jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q